Thursday, September 19, 2019

«Bilim» AKM bo’lab sayohat


Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish va kitobxonlarga samarali xizmat ko’rsatish har bir kutubxona mutaxassisining vazifasi hisoblanadi. Foydalanuvchilarga samarali va sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash, mutaxassislarga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida, 2019 yil 18 sentyabr kuni O’zbekiston Pespublikasi Mudofaa Vazirligi tizimidagi harbiy qism kutubxonachilari uchun Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi bo’ylab sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida mutaxassislar «Bilim» AKM bo’limlari faoliyati bilan tanishdilar. Markazning oliy toifali mutaxassislari tomonidan amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar. So’ng, mehmonlar «Bilim» AKM tasarrufidagi Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon nomli kutubxonalarga tashrif buyurdilar. Kutubxonachilarimiz zamon talablariga mos tashkil etilgan kutubxonlarimizni katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdilar. Sayohat mazmunli hamda maroqli o’tdi va albatta mehmonlarimizda katta taasurot qoldirdi.


Wednesday, September 11, 2019

Men sevgan kitob

Bola bir nihol. Ustoz uni parvarish qiluvchi bog’bon bo’lsa, kitob qalbiga ilmu ma’rifat shu’lasini sochuvchi oftobdir. Shuning uchun ham har bir inson kim bo'lib ulg’aymasin, kelajakda qaysi kasbni egallamasin, uning kamolida kitobning o'rni va ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham farzandlarimizni kichkintoylik chog’laridan kitobga oshno etish, mutolaaga odatlantirish, badiiy adabiyot zavqidan bahramand etish ularning tafakkuri keng, ma’naviyati yuksak, go’zal qalb sohiblari bo’lib ulg’ayishlarini sababchisi bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu bois 2019 yil 9 sentyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va Uchtepa tumani 202 - sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Men sevgan kitob” mavzusida 5-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda o’quvchilar ta’til kunlarida mutolaa qilgan adabiyotlari va albatta ularga manzur bo’lgan qahramonlar haqida so’zlab berishdi. Bolalar o’qigan asarlaridan olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashishdi va o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. “Bilim” AKM “Axborot-bibliografiya” bo’limi mutaxassisi Sh. Karimova o’quvchi yoshlarni kutubxonaning eng sara asarlari bilan tanishtirib, adabiyotlarga bibliografik sharh berdi. Suhbat yakunida kitobsevar bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va albatta kutubxonamizga tashrif buyurishlarini aytishdi. 

«Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

2019 yil 6 sentabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiya Rossiya Davlat Kutubxonasi tomonidan tashkil qilindi. Onlayn konferensiya davomida MDHga a’zo davlatlarning ommaviy kutubxonalari mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan taqdimotlari namoyish qilindi. Shuningdek, ma’ruza qilgan kutubxona mutaxassislari o’zlarining faoliyat olib borayotgan kutubxonalari haqida ham ma’lumotlar berib o’tdilar hamda konferensiya ishritokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga onlayn tarzda javob oldilar. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar KAA va HEYB xizmati haqida o’zlari uchun to’liq ma’lumotga ega bo’ldilar.

Saturday, September 7, 2019

«Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

2019 yil 6 sentabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiya Rossiya Davlat Kutubxonasi tomonidan tashkil qilindi. Onlayn konferensiya davomida MDHga a’zo davlatlarning ommaviy kutubxonalari mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan taqdimotlari namoyish qilindi. Shuningdek, ma’ruza qilgan kutubxona mutaxassislari o’zlarining faoliyat olib borayotgan kutubxonalari haqida ham ma’lumotlar berib o’tdilar hamda konferensiya ishritokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga onlayn tarzda javob oldilar. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar KAA va HEYB xizmati haqida o’zlari uchun to’liq ma’lumotga ega bo’ldilar.

Thursday, August 29, 2019

«Kasbiy-mahorat bellashuvi»

2019 yil 15-16 avgust kunlari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A.Qodiriy nomli kutubxonada «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019» ko'rik-tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 1-bosqichda yo'llanmani qo'lga kiritgan kasb-hunar ta'limi, xalq ta'limi, оliy ta'lim tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ko'zi ojizlar kutubxonasi vа Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdilar.


Konkurs qatnashchilari uchta turdagi tanlov shartlarini bajardilar. Ya'ni, 1-turda uyga vazifa shaklida tayyorlanib kelingan “Taqdimot”, 2-turda kasbiy sohaga oid 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish va yakuniy 3-tur, o'zbek va jahon klassik adabiyotlarini bilish mahoratini sinash shaklida bo'lib o'tdi.

Natijada “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019” ko'rik-tanlovining g'oliblari deb, kasb-hunar ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan 1-o'rinni Mirobod arxitektura-qurilish kolleji ARM yetakchi mutaxassisi N. Yunusova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan 1-o'rinni Chilonzor tumani 103-maktab ARM mudiri Z. Muhammadjonova va Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan 1-o'rinni Kimyo-texnologiyalari instituti axborot-resurs markazining «Ахborot-texnologiyalari» bo’limi mudiri  R. Qodirov, Ko'zi ojizlar kutubxonasidan  1-o'rin F. Mo'minova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazidan «Aхborot-teхnоlogiyalari» bo’limi bosh mutahassisi А. Suvonqulovlar  egalladi. 2-o'rinni Mirobod sanoat kasb-hunar kollejidan Yu.Rahimova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan Yunusobod tumani 51-DIUM ARM xodimi D. Kurdashova, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiyat bo'limi mutaxassisi D.Rasulevalar egalladi. 

3-o'rinni Mirobod tumani  kompyuter texnologiyalari kolleji xodimi J.Urinova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalaridan  Shayhontohur tumani 84-maktab kutubxona mudiri M. Absattarova, Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan Mirzo Ulug'bek nomli O'zbekiston Davlat Milliy universiteti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo’limi mudiri S. Maxmudovalar egalladi.

    Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan ko'rik-tanlovining barcha g’oliblari respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida brifing bo‘lib o‘tdi

2019 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Mediamarkazida  Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimini yaratishga hamda Bolalar va yoshlarni o‘qishga jalb qilish uchun eng yaxshi metodik ishlanma/loyiha bo‘yicha Respublika tanloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda  tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi boshlig‘i V.Xamidov brifing ishtirokchilarini qutladi va ularni axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. “Axborot-kutubxona xodimlari o‘quv kurslarining yangi shakllari joriy qilish,  zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona mutaxassislarini malakasini oshirish masofadan amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Mutaxassislarni masofadan malakasini oshirish kurslari maxsus o‘quv dasturi asosida olib boriladi. O‘zbekiston Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quv kursining o‘quv dasturi, mashg‘ulotlarni tasvirga olish jadvali, ma’ruzalar matni, har bir mavzu bo‘yicha test va o‘quv rejasi ishlab chiqildi. Masofadan o‘qitish tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari jalb qilinib, o‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usulda amalga oshiriladi. Interaktiv usulda amalga oshirilishi rejalashtirilgan masofaviy o‘quv kurslari mavzulari sohaning dolzarb yo‘nalishlariga qarab bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi va o‘quv mashg‘ulotlariga mutaxassislarni jalb qilish oshirilishi ko‘zda tutilgan.”, - deya xabar berdi V.Xamidov. 
Brifingda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova so‘zga chiqar ekan,  ushbu o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorligini bildirib, o‘quv kursi haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. “Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi viloyat axborot-kutubxona markazlarining mutaxassislari uchun samaralidir. Ular o‘z ish joylaridan ajralmagan holda masofaviy oylayn malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu albatta ham vaqt, ham mablag‘ni tejaydi. Malaka oshirishga ehtiyoji bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislari sonini ko‘paytiradi, bir vaqtning o‘zida barcha kutubxonachilar onlayn malaka oshirish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalaning ijobiy tarafini o‘rgangan holda, salbiy taraflar ham kelib chiqadi. Masalan, axborot-kutubxona markazlarida moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, internet tezligi pastligi onlayn o‘quv tizimida uzilishlar bo‘lishi mumkin”, - dedi u.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan  o‘quv kursini tamomlagan va yakuniy nazorat test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga beriladigan sertifikat qanday kuchga ega bo‘lishi, nomutaxassisligi bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislarini qayta tayyorlash masalasi haqida savollar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va brifing tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.

Thursday, August 8, 2019

Kutubxonachilarimiz bolajonlar davrasida!

Bolaning aqliy rivojlanishida albatta kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobdagi qanchalik mukammal so'zlar mavjud bo’lsa, kelajakda bolaga bu so’zlarni o’rganish onson bo’ladi. Kitob mutolaasi bolada suhbat qilish, tasavvur, tilga moyillik kabi xislatlarni yuksaltiradi. Shu bois 2019 yil 8 avgust kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Chilonzor tumani 316-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga ko’chma kutubxona uyushtirishdi. “Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish” bo'limi kutubxonachisi M. Xodjiakbarova bog’cha bolalarini qanchalik zukko ekanliklarini bilish maqsadida, bolalarni ertak aytish qobilyatlarini sinovdan o’tkazdi. Bolajonlar o’zlarini hozirjavobliklari va ajoyib nutqlari bilan mutaxassislarimizni lol qoldirishdi. So’ng, «Axborot-bibliografiya» bo’limi mutaxassisi Sh. Karimova bolalarga ibratli ertaklardan hikoya qilib berdi. Suhbatimiz yakunida bolalar kitoblar bilan tanishishdi. Maroqli suhbat barcha bolajonlarga manzur bo'ldi.

Tuesday, July 30, 2019

"Oilalarda bola tarbiyasida kitobxonlikning roli".Jamiyatimizga yetuk, har tomonlama barkamol insonlarni yetishib chiqishida kitobning roli va ahamiyati juda kattadir. Shu munosabat bilan 2019 yil 18 iyul kuni Toshkent shahar “Bilim”axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomli kutubxonada “Bola tarbiyasida kitobning roli” mavzusida “Oila va jamiyat” gazetasi taxririyati bilan Olmazor tumanidagi 58 ta mahallaning faol ayollari bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Ijodiy uchrashuvga “Bilim” Аkm direktori X.Karimova, Olmazor tumani ma'naviyat ishlari bo'yicha mutaxassislar, maxalla faollari, yosh kitobxonlar, axborot-kutubxona foydalanuvchilari tashrif buyurishishdi. X.Karimova axborot-kutubxonada qilinayotgan ishlar, jumladan yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, ularni qiziqishlarini yanada takomillashtirish borasida qisqacha to'xtalib o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar. Tadbir yakunida “Oila va jamiyat” gazetasi taxririyati nomidan bosh muxarrir Akbar Qarshiyev kutubhonaga badiiy kitoblar to'plamini hadya qildi.

Jamiyatimizga yetuk, har tomonlama barkamol insonlarni yetishib chiqishida kitobning roli va ahamiyati juda kattadir. Shu munosabat bilan 2019 yil 18 iyul kuni Toshkent shahar “Bilim”axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomli kutubxonada “Bola tarbiyasida kitobning roli” mavzusida “Oila va jamiyat” gazetasi taxririyati bilan Olmazor tumanidagi 58 ta mahallaning faol ayollari bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Ijodiy uchrashuvga “Bilim” Аkm direktori X.Karimova, Olmazor tumani ma'naviyat ishlari bo'yicha mutaxassislar, maxalla faollari, yosh kitobxonlar, axborot-kutubxona foydalanuvchilari tashrif buyurishishdi. X.Karimova axborot-kutubxonada qilinayotgan ishlar, jumladan yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, ularni qiziqishlarini yanada takomillashtirish borasida qisqacha to'xtalib o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar. Tadbir yakunida “Oila va jamiyat” gazetasi taxririyati nomidan bosh muxarrir Akbar Qarshiyev kutubhonaga badiiy kitoblar to'plamini hadya qildi.

Asarlar muxokamasi

Bu yil jahon adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, sevimli yozuvchi E. Xeminguyeyning tavalludiga 120 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan 2019 yil 11 iyul kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan foydalanuvchilar bilan yozuvchining asarlari yuzasidan “Asarlar muhokamasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Sh. Atadjanova yozuvchining asarlaridan qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi. Ishtirokchilar E. Xeminguyey asarlari yuzasidan o‘zlarining qiziqtirgan fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir mazmunan bahs-munozaraga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Axborot-bibliografiya bo‘limi mutaxassislari yozuvchi asarlari asosida kitoblar ko‘rgazmasini tashkil qilib, shu asnoda bibliografik obzor o‘tkazdilar. Yozuvchi asarlari kitobxonlarda o‘z ona Vataniga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanishida, har jabhada halol-pok yashashga undaganligini ta’kidlab o‘tishdi.


Ma`naviyat oiladan boshlanadi

2019 yil 10 iyul kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona tasarrufidagi A.Qodiriy nomidagi kutubxonada "Ma’naviyat oiladan boshlanadi" mavzusida adiblar, yozuvchilar va san’atkorlar ishtirokida hududdagi otaxonlar, onaxonlar, yoshlar va Chinobod sanatoriyasida dam olayotgan mexnat faxriylari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbir kutubxona raxbariyati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika maxalla kengashi, Toshkent shahar ma’naviyat va targ‘ibot markazi Olmazor tuman bo‘limi, Oltinsoy maxalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda AKM direktori H.Karimova ma’naviyat avvalo oiladan, ota-onaning ma’naviyatidan, ularning kitobga bo‘lgan e’tibori va muxabbatidan boshlanadi deb ta’kidladi. Mahalla faollari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zulfiya Mo‘minova va Mansur Yunusovlar o‘zlarining qiziqarli mavzuga oid fikr-mulohazalari va she’rlari bilan ishtirokchilar ko‘nglini shod etdi. Uchrashuv so‘nggida musiqalar sadosi yangradi, aholining qiziqarli va madaniy dam olishiga erishildi.

Tuesday, July 2, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing

2019 yil 1 iyul kuni O‘Zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshaboeva brifing ishtirokchilarini qutladi va ularni mazkur qarorning mohiyati bilan tanishtirdi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ichida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasiga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-qarori qabul qilinishi mazkur tashabbusda keltirilgan  kitobxonlikning hamda yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirishda mutolaaning ahamiyatini yanada mustahkamlab bermoqda. Bugunga qadar sohamizga doir bir qancha qarorlar chiqqan, oxirgisi 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori nashriyotlar va kitob tarqatish tizimini ham qamrab olgan bo‘lsa, bugungi qaror aynan kutubxonachilik sohasiga qaratilgan.
Mazkur qaror bilan 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi va 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi dasturi ishlab chiqildi”, - deya xabar berdi U.Teshabaeva.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova mazkur qarorda kutubxona ishini bosqichma-bosqich tashkil etish belgilanganini alohida aytib o‘tdi. “Qarorning ahamiyatli jihati shundaki, unda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq vazifalarning belgilanganligidadir. Zero, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishda me’yoriy – huquqiy bazani takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik faoliyatni yo‘lga qo‘yish, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini kengaytirish, elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish, kitoblar fondini yaxshi saqlanishini ta’minlash kabi vazifalarni  bajarish orqali  kutubxona xizmati faoliyatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish mumkin.

Qarorga asosan tasdiqlangan 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasisi  respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o‘zida aks ettiradi.
Unda ko‘rsatilgan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu Konsepsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qat’i nazar, axborotni erkin olish huquqini o‘rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan”, - dedi H.Karimova.

Tuesday, June 11, 2019

Abdulla Qodiriy va Cho`lpon kutubxonalarining ochilishi

Президент ташаббуси билан Тошкентдаги сой бўйида маданият ва маърифат маскани барпо этилди

Президент 21 майни Ўзбекистон кутубхоначилари куни деб белгилашни таклиф қилди

7 июнь куни  Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида” қарори қабул қилинди.
Қарорда Республикада ижтимоий-иқтисодий соҳани ислоҳ қилишнинг ҳозирги босқичида ахборот-кутубхона фаолиятини ривожлантиришнинг мақсади ва вазифалари жумладан, ахборот-коммуникация технологиялари ва замонавий умумжаҳон тенденцияларни ҳисобга олган ҳолда ахборот-кутубхона фаолиятини ривожлантириш, аҳолига ахборот-кутубхона хизматлари кўрсатиш бўйича ижтимоий кафолатларни сифатли таъминлаш ҳамда замонавий талабларни ҳисобга олган ҳолда, ахборот-кутубхона муассасаларини ривожлантиришга қаратилган меъёрий-ҳуқуқий базани такомиллаштириш, ҳудудларда аҳолига ахборот-кутубхона хизматлари кўрсатишни барқарор ривожлантиришга кўмаклашиш, ахборот-кутубхона муассасаларининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, шу жумладан янги бино ва иншоотларни қуриш, мавжуд биноларни реконструкция қилиш, уларни замонавий ускуналар билан таъминлаш, кутубхона соҳасида давлат-хусусий шерикликни, хусусий ва электрон (виртуал) кутубхоналар тармоғини ривожлантириш, кутубхоналар фаолиятининг самарадорлигини ва фойдаланувчиларга хизмат кўрсатиш (шу жумладан, пулли хизмат кўрсатиш) тезкорлигини ошириш учун электрон китобларни тарқатиш, интернет-ресурслар билан ҳамкорликни кенгайтириш, ахборот-кутубхона муассасалари хавфсизлигини ҳамда миллий ва жаҳон маданий меросининг бир қисми сифатида ахборот-кутубхона фондлари сақланишини таъминлаш, жамиятнинг ахборот маданиятини, тарихимизга ва миллий маданиятга қизиқишни кучайтириш, ўқиш маданиятини ошириш ва тарғиб қилиш ҳамда ахборот-кутубхона муассасаларини малакали мутахассислар билан таъминлаш белгиланди.
Мазкур қарорда  2019-2024 йилларда Ўзбекистон Республикасида ахборот-кутубхона соҳасини ривожлантириш концепцияси, соҳани ривожлантириш бўйича чора-тадбирлар дастури ҳамда Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси – ахборот-ресурс марказининг ташкилий тузилмаси тасдиқланди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигига тегишли вазирлик, идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари билан биргаликда Миллий кутубхона қошида 186та туман (шаҳар) ахборот-кутубхона марказини ташкил этиш, аҳолига ахборот-кутубхона хизматлари кўрсатиш учун сифат жиҳатидан янги ва қулай шарт-шароит яратиш, замонавий ахборот технологиялари асосида уларнинг илмий, таълим, ахборот ва маданий эҳтиёжларини қондириш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларига ижтимоий мослашув ва реабилитация, мустақил таълим олиш ва мулоқот доирасини кенгайтириш усули сифатида ахборотдан фойдаланиш имкониятларини яратиш, фойдаланувчиларга ҳар қандай ташувчиларда (босма, мультимедиа ва рақамли), шу жумладан Интернет тармоғи ёрдамида сифатли ахборот манбаларидан фойдаланиш имкониятини яратиш, ўзининг ахборот-ресурсларини яратиш ва уларни доимий тўлдириб бориш орқали китобхонларга анъанавий хизмат кўрсатиш усулидан уларни замонавий ахборот-кутубхона хизматлари билан таъминлашга ўтиш ва аҳолига масофадан ахборот-кутубхона хизматлари кўрсатишни ривожлантириш ва модернизация қилиш асосий вазифа этиб белгиланди. 
Мазкур қарорга мувофиқ  кутубхона соҳасида мутахассисларга бўлган эҳтиёжни ўрганиш асосида турдош олий ўқув юртларига “Кутубхона-ахборот фаолияти” йўналиши бўйича ўқишга қабул квоталари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига таклифлар киритиш юклатилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти қарори билан, вазирликлар ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликларида, давлат органлари ва бошқа ташкилотларда, шу жумладан ҳарбий қисмларда идоравий кутубхоналарни ташкил қилиш (такомиллаштириш), идоравий кутубхоналарнинг китоб фондини ва моддий техника базасини яратиш, янгилаш ва тўлдириш учун давлат бюджети, бюджетдан ташқари жамғармалар маблағлари ҳамда  қонунчиликда тақиқланмаган бошқа манбалар ҳисобидан молиялаштириш белгиланди. Идоравий кутубхоналарнинг китоб фондини янгилаш ва тўлдириш учун зарур нашрлар рўйхатини ҳар йили шакллантириш Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги зиммасига юклатилди. 
Республикамизда 21 май Кутубхоначилар куни деб белгиланиб, бунда кутубхоначиларни кўп йиллик ҳалол меҳнати ва ахборот-кутубхона соҳасини ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун давлат мукофотлари билан тақдирлаш ва рағбатлантириш белгиланди.

Dunyodagi eng chiroyli 15 ta kutubxona

Ilm maskani bo‘lgan kutubxonalarda mazza qilib kitob o‘qishga nima yetsin. U yerda istagan kitobingizni topsangiz qanday yaxshi. Agar bunday joy go‘zallikda lol qoldiradigan bo‘lsa bormi?
E'tiboringizga dunyodagi 15 ta eng go‘zal kutubxonalarni taqdim etamiz:
1-o‘rin:
1_trinity-college-library-university-of-dublin
Triniti kolleji kutubxonasi, Dublin Universiteti. Fotograf: Skylark Studio.
Binoning har bir ustuni kitob javonlari bo‘lib ham xizmat qilib, ajoyib go‘zallik kasb etadi.
2-o‘rin:
2_kirby-library-lafayette-college
Lafayet kolleji Kerbi kutubxonasi, AQSh, Pensilvaniya.
3-o‘rin:
3_united-states-library-of-congress-main-reading-room
Kongress kutubxonasi, Vashington. Fotograf: Carol Mckinney Highsmith.
Buni qarangki, kutubxona dunyodagi eng katta kutubxona bo‘lishi bilan birga eng go‘zal kutubxonalardan biri hisoblanarkan.
4-o‘rin:
4_national-library-of-belarus-exterior
Belorussiya milliy kutubxonasi, Minsk. Fotograf: Alan Doyle.
5-o‘rin:
5_abbey-library-of-saint-gall-2
Avliyo Gol kutubxonasi, Shveysariya. Fotograf: Patrick Hauri.
6-o‘rin:
OLYMPUS DIGITAL CAMERA
Grats Universiteti mutolaa xonasi, Avstriya. Fotograf: Dr. Marcus Gossler.
7-o‘rin:
OLYMPUS DIGITAL CAMERA
Kaliforniya universiteti Geyzel kutubxonasi, San Diyego, AQSh. Fotograf: Ben Lunsford.
8-o‘rin:
8_tu-delft-library-interior
TU Delft kutubxonasi, Niderlandiya. Fotograf: Namijano.
9-o‘rin:
9_stockholm-public-library-interior
Stokgolm xalq kutubxonasi, Shvetsiya. Fotograf: TC4711.
10-o‘rin:
10_2_bibliotheca-alexandrina
Iskandariya kutubxonasi, Misr. Fotograf: Carsten Whimster.
11-o‘rin:
11_british_museum_great-court
Britaniya muzeyi mutolaa xonasi, London, Angliya. Fotograf: Jon Sullivan.
12-o‘rin:
12_library-of-sofia-university
Sofiya Universiteti kutubxonasi, Bolgariya. Fotograf: Anastas Tarpanov.
13-o‘rin:
13_the_seattle_central_public_library
Siettl xalq kutubxonasi, Vashington, AQSh. Fotograf: Rex Sorgatz.
14-o‘rin:
14_joanina-library-university-of-coimbra-3
Joanina kutubxonasi, Koimbra Universiteti, Portugaliya. Fotograf: ABOUTCENTRO.
15-o‘rin:
15_vancouver-public-library-interior
Vankuver xalq kutubxonasi, Kanada. Fotograf: Jan Havlik.
Aminmizki, shu yil bizning Alisher Navoiy nomidagi milliy  kutubxonamiz ham eng chiroyli kutubxonalar ro‘yhatiga kiritiladi!

Thursday, May 30, 2019

Ҳар бир болага МЕҲР, ЭЪТИБОР

"Билим" Ахборот-кутубхона маркази ва Ўзбекистон Халқ демократик партияси Тошкент шаҳар ва Чилонзор тумани кенгаши билан ҳамкорликда 1 июнь Халқаро болалар кунига бағишланган "Ҳар бир болага МЕҲР, ЭЪТИБОР" мавзусида бадиий мусиқали кеча ўтказилди. Кечага болажонларга шўх ва дилрабо қўшиқлар ижро этилди. Янада қизиқарли ўтказиш мақсадида шеър айтиш, қўшиқ айтиш, рақсга тушиш бўйича танловлар ва адабий викториналар ташкил этилди. Ўз истеъдодини намоён қилган болажонларга яъни турли ўйинлар ғолибларига совғалар, китоблар тарқатилди.
Хафиза Каримоваning rasmi.

Kutubxonalar ma’naviyat ko‘prigi

Toshkent shahar“Bilim” axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari tomonidan oilaviy kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida “Men kitob o‘qishni sevaman”, “Kitoblarni oilaviy almashib o‘qish”, “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” va “Bir soatdan oilaviy kitob o‘qish” aksiyalari tashkil etilayotgani keng omma orasida kitobxonlikni targ‘ib etishning samarali yo‘llari ekanligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida Aminovlar, “Navbahor” maxallasida Normatovlar oilalarida shunday tadbirlar o‘tkazilganida, “Bolalar adabiyoti olamiga sayohat” kitob ko‘rgazmasi va undan o‘rin olgan bolalar uchun turli mavzulardagi adabiyotlar oila a’zolariga, ayniqsa, kichik yoshdagi kitob’xonlarag juda manjur bo‘ldi.
— O‘g‘lim Sarvarning telefon va kompyuterdan ko‘ra kitobga qiziqishi ancha ortganidan xursandman, — deydi mamnuniyat bilan birinchi xonadon sohibasi Feruza Aminova. — Rosti gap, bolalarni endi bu o‘rganib qolgan odatlaridan chalg‘itish juda qiyinligidan boshim qotib yurardi, bunday paytda kitobga tayanish eng yaxshi yo‘l ekan.
Turli yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar, rasmli va o‘yinchoq kitoblar ikkinchi xonadondagi Ulkan ayaning nevaralariAbdulaziz va E’zozaxonlarning ham e’tiborini tortdi. Bundan buvi ham xursand.
— Bo‘lar ekanku! — deydi u quvonib. — Nevaralarimni “Bilim” axborot-kutubxona markazi to‘g‘ri yo‘lga boshlayotganidan ko‘nglim xotirjam tortdi. Kitobdan ayirmasin, kitob kirib borgan oilada ezgulik, yaxshilik bo‘ladi.
O‘z nizomi, ish rejasi asosida mashg‘ulotlar olib boradigan“Kutubxona do‘stlari”, “Tafakkur gulshani – kitob mutolaasi” nomli klublarda o‘tkazilayotgan tadbirlar ham markaz atrofiga ko‘plab kitobsevarlar jamlanishiga olib kelayotgani quvonarli holdir. “Eng yaxshi ko‘rgan asarim” mavzusida yozilgan insholar tanlovi orqali ularning qiziqishlari, dunyoqarash va intellektual salohiyatli namoyon bo‘la boradi.
Endi kitobsevarlar uyida, ishxonasida, o‘quv muasasasida — xullas, istagan joyida “Bilim” axborot-kutubxona markazi tarixi, faoliyati, tuzilishi, asosiy vazifalari, yangi kelib tushgan adabiyotlar va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish imkoniyatiga egadirlar. Ular istagan vaqtida markazning b.ilim.uz. veb-sahifasidan foydalanishi, axborot olishlari, taklif-munosabatlarini bildirib, buyurtma berishlari mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida elektron o‘quv zali va ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasining tashkil etilganligi, “Norma” – O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari qidiruv tizimining mavjudligi ham foydalanuvchilarmanfaatlariga xizmat qiladi. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohot va o‘zgarishlar, dunyo yangiliklari haqida tezkor va sifatli axborot olish maqsadida oltmishdan nomdan ortiq vaqtli nashrlar obunasi yo‘lga qo‘yilganligi ham markaz a’xolari sonining ortishiga xizmat qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kitob insonning beminnat do‘stiyekanligiga “Bilim” axborot-kutubxona markazida ham guvoh bo‘lasiz.
Hafiza KARIMOVA,
Toshkent shahar “Bilim” Axborot-kutubxona
markazi direktori

Kitob – yuksak ma’naviyatga yetaklovchi omildir.

Kitob – ilm manbai, - deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Yoshlarga ma’naviy ozuqa beruvchi kitoblarni ulashish ham ezgu amallardan biri hisoblanadi. Bu borada 2019 yil 8 may kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tomonidan Chilonzor tumanining Madaniyat markaziga turli mavzudagi adabiyotlar sovg’a tariqasida topshirildi. Markazning badiiy rahbari X. Fayzullayev «Bilim» AKM direktori H.Q. Karimovaga ma’naviy-ma’rifiy ko’maklari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiya

 2019 yil 24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari”  XIII Xalqaro konferensiyasi bo’lim o’tdi. Marosimda konferensiya tashkilotchilari, vazirlik va idoralar vakillari, xorijiy mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari qatnashdilar.
     Xorazm viloyati Ma’naviyat-ma’rifat markazining foyesida  Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizdagi matbaa korxonalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda respublikamiz nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar, albomlar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlari keng namoyish etildi. Kitob ko‘rgazmasida yangi nashr etilgan mahsulotlar – bolalar kitoblari, jurnallar, ensiklopediya va lug‘atlar, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar namoyish etildi.
         Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Komplektlash» va «Kataloglashtirish» modullari bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Axborot kutubxona muassasalari komplektlash bo‘limlari mutaxassislari uchun treningni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati rahbari Nasiba Xoldorova olib bordi va “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi doirasida Respublika kutubxonalari tizimini yagona bir tizimga o‘tkazilgani munosabati bilan UzNEL dasturiy ta’minotda ishlash qoidalari bilan tanishtirdi. O’quv seminar treningda Toshkent shahar “BILIM” axborot kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi
Konferensiya doirasida 4 ta sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar va AKT mutaxassislari, olimlar va  tadqiqotchilar, hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, sho’ba yig’ishlarida Toshkent shahar “BILIM” axborot-kutubxona markazi direktori o’zining “Kitobxonlik va kitob mutolaasi: Yangi davr kutubxonasi” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
26 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi. 

Friday, April 19, 2019

Zamonaviy xizmatga yana bir qadam


2019 yil 18 aprel kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Q. Karimova O’zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy umumta’lim elektron kutubxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda LG CNS kompaniyasi prezidenti Kim Yon Sob, Janubiy Koreyaning eksport-import banki raisi Yung Son So, Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Li Uk-Xyon, diplomatik korpus vakillari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari, 14 ta axborot-kutubxona markazi rahbarlari, O’zbekiston miliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV xodimlari qatnashdilar. Tadbir davomida Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi (UZNEL) loyihasi Respublikamizda ilk joriy etilgani, elektron kutubxona sifatida faoliyat ko‘rsatishi kutilayotgani hamda ushbu loyiha Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda amalga oshirilishi ta’kidlab o’tildi. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Q. Karimovaga Respublika AKM rahbarlari qatorida  UZNEL dasturi uchun nashrlarni raqamlashtirishga mo’ljallangan texnik qurilmalar bilan ta’minlash haqida sertifikat topshirildi. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ilgari surgan besh tashabbusning to‘rtinchisi, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish tashabbusiga hamohang bo‘lib, aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Loyihaning asosiy maqsadi axborot-kutubxona muassasalarini yagona elektron kutubxona tizimiga ulash orqali aholini bilim saviyasi va sifatini oshirishdan iborat. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi elektron kutubxona, raqamlashtirish va skanerlash markazi hamda multimedia markazidan tashkil topganligiga alohida ahamiyat qaratildi.



Tuesday, April 16, 2019

Китобхонлик бизни бирлаштиради

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги ташаббуси билан 1 апрелдан 23 апрелга қадар Ўзбекистон бўйлаб ўтказилаётган “Китобхонлик бизни бирлаштиради!” хайрия акцияси доирасида ҳудудлардаги меҳрибонлик уйларида маърифий тадбирлар, мулоқотлар ўтказилмоқда. Агентлик тасарруфидаги “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти жамоаси Тошкент шаҳридаги 23-сонли Меҳрибонлик уйи тарбияланувчилари билан учрашди. Нашриётнинг ижодий ходимлари болаларга китобни тайёрлаш жараёни, қўлёзма ҳолида ўқиш, хатоларини тузатиш, саҳифалаш, муқовасининг дизайнини ишлаш, босмахонада чоп этиш ҳақида қизиқарли тақдимот намойиш этишди. Битта китобни нашрдан чиқариш қанча катта меҳнат талаб қилиши, бунинг ортида…

Tajriba almashinuvi – Axborot-kutubxona muassasalarining muvaffaqiyatli faoliyat garovidir

2019 yil aprel oyida «Bilim» axborot-kutubxona markaziga oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashishni samarali yo’lga qo’yish maqsadida O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi ARM rahbari N. Mirxodjaeva, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ARM rahbari M. Yuldasheva, Toshkent davlat yuridik universiteti ARM rahbari H. Pirmetovalar tashrif buyurdilar. ARM rahbarlari «Bilim» axborot-kutubxona markazi bo’limlarining ish faoliyatlari bilan tanishishdi. Har bir bo’limda olib borilayotgan ishlar haqida bo’lim mudirlari axborot berib o’tishdi. «Bilim» AKM ga tashrif buyurganlar nafaqat ish faoliyat haqida balki, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish uchun qulaylik sifatida yaratilgan yangi UZNEL dasturi haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishdi. “Mana shunday tajriba almashinuvi orqali faoliyatimizni samarali yo’lga qo’yishga albatta erishamiz” deydi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ARM rahbari M. Yuldasheva.






«Bilim» AKM bo’lab sayohat

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...