Friday, April 19, 2019
Zamonaviy xizmatga yana bir qadam
2019 yil 18 aprel kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Q. Karimova O’zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy umumta’lim elektron kutubxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda LG CNS kompaniyasi prezidenti Kim Yon Sob, Janubiy Koreyaning eksport-import banki raisi Yung Son So, Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Li Uk-Xyon, diplomatik korpus vakillari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari, 14 ta axborot-kutubxona markazi rahbarlari, O’zbekiston miliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV xodimlari qatnashdilar. Tadbir davomida Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi (UZNEL) loyihasi Respublikamizda ilk joriy etilgani, elektron kutubxona sifatida faoliyat ko‘rsatishi kutilayotgani hamda ushbu loyiha Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda amalga oshirilishi ta’kidlab o’tildi. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H. Q. Karimovaga Respublika AKM rahbarlari qatorida UZNEL dasturi uchun nashrlarni raqamlashtirishga mo’ljallangan texnik qurilmalar bilan ta’minlash haqida sertifikat topshirildi. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ilgari surgan besh tashabbusning to‘rtinchisi, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish tashabbusiga hamohang bo‘lib, aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Loyihaning asosiy maqsadi axborot-kutubxona muassasalarini yagona elektron kutubxona tizimiga ulash orqali aholini bilim saviyasi va sifatini oshirishdan iborat. Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi elektron kutubxona, raqamlashtirish va skanerlash markazi hamda multimedia markazidan tashkil topganligiga alohida ahamiyat qaratildi.
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
«Bilim» AKM bo’lab sayohat
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...

-
Bola bir nihol. Ustoz uni parvarish qiluvchi bog’bon bo’lsa, kitob qalbiga ilmu ma’rifat shu’lasini sochuvchi oftobdir. Shuning uchun ham ha...
-
2019 yil 1 iyul kuni O‘Zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-k...
No comments:
Post a Comment