2019 yil 24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi bo’lim o’tdi. Marosimda konferensiya tashkilotchilari, vazirlik va idoralar vakillari, xorijiy mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari qatnashdilar.
Xorazm viloyati Ma’naviyat-ma’rifat markazining foyesida Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizdagi matbaa korxonalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda respublikamiz nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar, albomlar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlari keng namoyish etildi. Kitob ko‘rgazmasida yangi nashr etilgan mahsulotlar – bolalar kitoblari, jurnallar, ensiklopediya va lug‘atlar, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar namoyish etildi.
Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Komplektlash» va «Kataloglashtirish» modullari bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Axborot kutubxona muassasalari komplektlash bo‘limlari mutaxassislari uchun treningni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati rahbari Nasiba Xoldorova olib bordi va “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi doirasida Respublika kutubxonalari tizimini yagona bir tizimga o‘tkazilgani munosabati bilan UzNEL dasturiy ta’minotda ishlash qoidalari bilan tanishtirdi. O’quv seminar treningda Toshkent shahar “BILIM” axborot kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi
Konferensiya doirasida 4 ta sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar va AKT mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilar, hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, sho’ba yig’ishlarida Toshkent shahar “BILIM” axborot-kutubxona markazi direktori o’zining “Kitobxonlik va kitob mutolaasi: Yangi davr kutubxonasi” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
26 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi.
No comments:
Post a Comment