Wednesday, September 11, 2019

Men sevgan kitob

Bola bir nihol. Ustoz uni parvarish qiluvchi bog’bon bo’lsa, kitob qalbiga ilmu ma’rifat shu’lasini sochuvchi oftobdir. Shuning uchun ham har bir inson kim bo'lib ulg’aymasin, kelajakda qaysi kasbni egallamasin, uning kamolida kitobning o'rni va ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham farzandlarimizni kichkintoylik chog’laridan kitobga oshno etish, mutolaaga odatlantirish, badiiy adabiyot zavqidan bahramand etish ularning tafakkuri keng, ma’naviyati yuksak, go’zal qalb sohiblari bo’lib ulg’ayishlarini sababchisi bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu bois 2019 yil 9 sentyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va Uchtepa tumani 202 - sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Men sevgan kitob” mavzusida 5-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda o’quvchilar ta’til kunlarida mutolaa qilgan adabiyotlari va albatta ularga manzur bo’lgan qahramonlar haqida so’zlab berishdi. Bolalar o’qigan asarlaridan olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashishdi va o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. “Bilim” AKM “Axborot-bibliografiya” bo’limi mutaxassisi Sh. Karimova o’quvchi yoshlarni kutubxonaning eng sara asarlari bilan tanishtirib, adabiyotlarga bibliografik sharh berdi. Suhbat yakunida kitobsevar bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va albatta kutubxonamizga tashrif buyurishlarini aytishdi. 

No comments:

Post a Comment

«Bilim» AKM bo’lab sayohat

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...