2019 yil 15-16 avgust kunlari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A.Qodiriy nomli kutubxonada «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019» ko'rik-tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 1-bosqichda yo'llanmani qo'lga kiritgan kasb-hunar ta'limi, xalq ta'limi, оliy ta'lim tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ko'zi ojizlar kutubxonasi vа Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdilar.
Konkurs qatnashchilari uchta turdagi tanlov shartlarini bajardilar. Ya'ni, 1-turda uyga vazifa shaklida tayyorlanib kelingan “Taqdimot”, 2-turda kasbiy sohaga oid 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish va yakuniy 3-tur, o'zbek va jahon klassik adabiyotlarini bilish mahoratini sinash shaklida bo'lib o'tdi.
Natijada “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019” ko'rik-tanlovining g'oliblari deb, kasb-hunar ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan 1-o'rinni Mirobod arxitektura-qurilish kolleji ARM yetakchi mutaxassisi N. Yunusova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan 1-o'rinni Chilonzor tumani 103-maktab ARM mudiri Z. Muhammadjonova va Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan 1-o'rinni Kimyo-texnologiyalari instituti axborot-resurs markazining «Ахborot-texnologiyalari» bo’limi mudiri R. Qodirov, Ko'zi ojizlar kutubxonasidan 1-o'rin F. Mo'minova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazidan «Aхborot-teхnоlogiyalari» bo’limi bosh mutahassisi А. Suvonqulovlar egalladi. 2-o'rinni Mirobod sanoat kasb-hunar kollejidan Yu.Rahimova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan Yunusobod tumani 51-DIUM ARM xodimi D. Kurdashova, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiyat bo'limi mutaxassisi D.Rasulevalar egalladi.
3-o'rinni Mirobod tumani kompyuter texnologiyalari kolleji xodimi J.Urinova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalaridan Shayhontohur tumani 84-maktab kutubxona mudiri M. Absattarova, Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan Mirzo Ulug'bek nomli O'zbekiston Davlat Milliy universiteti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo’limi mudiri S. Maxmudovalar egalladi.
Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan ko'rik-tanlovining barcha g’oliblari respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
No comments:
Post a Comment