Thursday, August 29, 2019

«Kasbiy-mahorat bellashuvi»

2019 yil 15-16 avgust kunlari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A.Qodiriy nomli kutubxonada «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019» ko'rik-tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 1-bosqichda yo'llanmani qo'lga kiritgan kasb-hunar ta'limi, xalq ta'limi, оliy ta'lim tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ko'zi ojizlar kutubxonasi vа Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdilar.


Konkurs qatnashchilari uchta turdagi tanlov shartlarini bajardilar. Ya'ni, 1-turda uyga vazifa shaklida tayyorlanib kelingan “Taqdimot”, 2-turda kasbiy sohaga oid 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish va yakuniy 3-tur, o'zbek va jahon klassik adabiyotlarini bilish mahoratini sinash shaklida bo'lib o'tdi.

Natijada “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019” ko'rik-tanlovining g'oliblari deb, kasb-hunar ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan 1-o'rinni Mirobod arxitektura-qurilish kolleji ARM yetakchi mutaxassisi N. Yunusova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan 1-o'rinni Chilonzor tumani 103-maktab ARM mudiri Z. Muhammadjonova va Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan 1-o'rinni Kimyo-texnologiyalari instituti axborot-resurs markazining «Ахborot-texnologiyalari» bo’limi mudiri  R. Qodirov, Ko'zi ojizlar kutubxonasidan  1-o'rin F. Mo'minova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazidan «Aхborot-teхnоlogiyalari» bo’limi bosh mutahassisi А. Suvonqulovlar  egalladi. 2-o'rinni Mirobod sanoat kasb-hunar kollejidan Yu.Rahimova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining  mutaxassislaridan Yunusobod tumani 51-DIUM ARM xodimi D. Kurdashova, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiyat bo'limi mutaxassisi D.Rasulevalar egalladi. 

3-o'rinni Mirobod tumani  kompyuter texnologiyalari kolleji xodimi J.Urinova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalaridan  Shayhontohur tumani 84-maktab kutubxona mudiri M. Absattarova, Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan Mirzo Ulug'bek nomli O'zbekiston Davlat Milliy universiteti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo’limi mudiri S. Maxmudovalar egalladi.

    Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan ko'rik-tanlovining barcha g’oliblari respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida brifing bo‘lib o‘tdi

2019 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Mediamarkazida  Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimini yaratishga hamda Bolalar va yoshlarni o‘qishga jalb qilish uchun eng yaxshi metodik ishlanma/loyiha bo‘yicha Respublika tanloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda  tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi boshlig‘i V.Xamidov brifing ishtirokchilarini qutladi va ularni axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. “Axborot-kutubxona xodimlari o‘quv kurslarining yangi shakllari joriy qilish,  zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona mutaxassislarini malakasini oshirish masofadan amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Mutaxassislarni masofadan malakasini oshirish kurslari maxsus o‘quv dasturi asosida olib boriladi. O‘zbekiston Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quv kursining o‘quv dasturi, mashg‘ulotlarni tasvirga olish jadvali, ma’ruzalar matni, har bir mavzu bo‘yicha test va o‘quv rejasi ishlab chiqildi. Masofadan o‘qitish tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari jalb qilinib, o‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usulda amalga oshiriladi. Interaktiv usulda amalga oshirilishi rejalashtirilgan masofaviy o‘quv kurslari mavzulari sohaning dolzarb yo‘nalishlariga qarab bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi va o‘quv mashg‘ulotlariga mutaxassislarni jalb qilish oshirilishi ko‘zda tutilgan.”, - deya xabar berdi V.Xamidov. 
Brifingda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova so‘zga chiqar ekan,  ushbu o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorligini bildirib, o‘quv kursi haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. “Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi viloyat axborot-kutubxona markazlarining mutaxassislari uchun samaralidir. Ular o‘z ish joylaridan ajralmagan holda masofaviy oylayn malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu albatta ham vaqt, ham mablag‘ni tejaydi. Malaka oshirishga ehtiyoji bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislari sonini ko‘paytiradi, bir vaqtning o‘zida barcha kutubxonachilar onlayn malaka oshirish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalaning ijobiy tarafini o‘rgangan holda, salbiy taraflar ham kelib chiqadi. Masalan, axborot-kutubxona markazlarida moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, internet tezligi pastligi onlayn o‘quv tizimida uzilishlar bo‘lishi mumkin”, - dedi u.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan  o‘quv kursini tamomlagan va yakuniy nazorat test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga beriladigan sertifikat qanday kuchga ega bo‘lishi, nomutaxassisligi bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislarini qayta tayyorlash masalasi haqida savollar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va brifing tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.

Thursday, August 8, 2019

Kutubxonachilarimiz bolajonlar davrasida!

Bolaning aqliy rivojlanishida albatta kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobdagi qanchalik mukammal so'zlar mavjud bo’lsa, kelajakda bolaga bu so’zlarni o’rganish onson bo’ladi. Kitob mutolaasi bolada suhbat qilish, tasavvur, tilga moyillik kabi xislatlarni yuksaltiradi. Shu bois 2019 yil 8 avgust kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Chilonzor tumani 316-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga ko’chma kutubxona uyushtirishdi. “Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish” bo'limi kutubxonachisi M. Xodjiakbarova bog’cha bolalarini qanchalik zukko ekanliklarini bilish maqsadida, bolalarni ertak aytish qobilyatlarini sinovdan o’tkazdi. Bolajonlar o’zlarini hozirjavobliklari va ajoyib nutqlari bilan mutaxassislarimizni lol qoldirishdi. So’ng, «Axborot-bibliografiya» bo’limi mutaxassisi Sh. Karimova bolalarga ibratli ertaklardan hikoya qilib berdi. Suhbatimiz yakunida bolalar kitoblar bilan tanishishdi. Maroqli suhbat barcha bolajonlarga manzur bo'ldi.

«Bilim» AKM bo’lab sayohat

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...