Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish,
kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan
ehtiyojini qondirish va kitobxonlarga samarali xizmat ko’rsatish har bir
kutubxona mutaxassisining vazifasi hisoblanadi. Foydalanuvchilarga samarali va
sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash, mutaxassislarga uslubiy yordam
ko’rsatish maqsadida, 2019 yil 18 sentyabr kuni O’zbekiston Pespublikasi Mudofaa
Vazirligi tizimidagi harbiy qism
kutubxonachilari uchun Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi bo’ylab sayohat
uyushtirildi. Sayohat davomida mutaxassislar «Bilim» AKM bo’limlari faoliyati
bilan tanishdilar. Markazning oliy toifali mutaxassislari tomonidan amaliy
ko’nikmalarga ega bo’ldilar. So’ng, mehmonlar «Bilim» AKM tasarrufidagi Abdulla
Qodiriy va Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon nomli kutubxonalarga tashrif
buyurdilar. Kutubxonachilarimiz zamon talablariga mos tashkil etilgan
kutubxonlarimizni katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdilar. Sayohat mazmunli
hamda maroqli o’tdi va albatta mehmonlarimizda katta taasurot qoldirdi.
Toshkent shahar "BILIM" axborot kutubxona markazi
Thursday, September 19, 2019
Wednesday, September 11, 2019
Men sevgan kitob
Bola bir nihol. Ustoz uni parvarish qiluvchi bog’bon bo’lsa, kitob qalbiga ilmu ma’rifat shu’lasini sochuvchi oftobdir. Shuning uchun ham har bir inson kim bo'lib ulg’aymasin, kelajakda qaysi kasbni egallamasin, uning kamolida kitobning o'rni va ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham farzandlarimizni kichkintoylik chog’laridan kitobga oshno etish, mutolaaga odatlantirish, badiiy adabiyot zavqidan bahramand etish ularning tafakkuri keng, ma’naviyati yuksak, go’zal qalb sohiblari bo’lib ulg’ayishlarini sababchisi bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu bois 2019 yil 9 sentyabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va Uchtepa tumani 202 - sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Men sevgan kitob” mavzusida 5-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda o’quvchilar ta’til kunlarida mutolaa qilgan adabiyotlari va albatta ularga manzur bo’lgan qahramonlar haqida so’zlab berishdi. Bolalar o’qigan asarlaridan olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashishdi va o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. “Bilim” AKM “Axborot-bibliografiya” bo’limi mutaxassisi Sh. Karimova o’quvchi yoshlarni kutubxonaning eng sara asarlari bilan tanishtirib, adabiyotlarga bibliografik sharh berdi. Suhbat yakunida kitobsevar bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va albatta kutubxonamizga tashrif buyurishlarini aytishdi.
«Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
2019 yil 6 sentabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiya Rossiya Davlat Kutubxonasi tomonidan tashkil qilindi. Onlayn konferensiya davomida MDHga a’zo davlatlarning ommaviy kutubxonalari mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan taqdimotlari namoyish qilindi. Shuningdek, ma’ruza qilgan kutubxona mutaxassislari o’zlarining faoliyat olib borayotgan kutubxonalari haqida ham ma’lumotlar berib o’tdilar hamda konferensiya ishritokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga onlayn tarzda javob oldilar. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar KAA va HEYB xizmati haqida o’zlari uchun to’liq ma’lumotga ega bo’ldilar.
Saturday, September 7, 2019
«Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
2019 yil 6 sentabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni taqdim etish» mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiya Rossiya Davlat Kutubxonasi tomonidan tashkil qilindi. Onlayn konferensiya davomida MDHga a’zo davlatlarning ommaviy kutubxonalari mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan taqdimotlari namoyish qilindi. Shuningdek, ma’ruza qilgan kutubxona mutaxassislari o’zlarining faoliyat olib borayotgan kutubxonalari haqida ham ma’lumotlar berib o’tdilar hamda konferensiya ishritokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga onlayn tarzda javob oldilar. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar KAA va HEYB xizmati haqida o’zlari uchun to’liq ma’lumotga ega bo’ldilar.
Friday, August 30, 2019
Thursday, August 29, 2019
«Kasbiy-mahorat bellashuvi»
2019 yil 15-16 avgust kunlari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A.Qodiriy nomli kutubxonada «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019» ko'rik-tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 1-bosqichda yo'llanmani qo'lga kiritgan kasb-hunar ta'limi, xalq ta'limi, оliy ta'lim tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ko'zi ojizlar kutubxonasi vа Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashdilar.
Konkurs qatnashchilari uchta turdagi tanlov shartlarini bajardilar. Ya'ni, 1-turda uyga vazifa shaklida tayyorlanib kelingan “Taqdimot”, 2-turda kasbiy sohaga oid 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish va yakuniy 3-tur, o'zbek va jahon klassik adabiyotlarini bilish mahoratini sinash shaklida bo'lib o'tdi.
Natijada “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi - 2019” ko'rik-tanlovining g'oliblari deb, kasb-hunar ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan 1-o'rinni Mirobod arxitektura-qurilish kolleji ARM yetakchi mutaxassisi N. Yunusova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan 1-o'rinni Chilonzor tumani 103-maktab ARM mudiri Z. Muhammadjonova va Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan 1-o'rinni Kimyo-texnologiyalari instituti axborot-resurs markazining «Ахborot-texnologiyalari» bo’limi mudiri R. Qodirov, Ko'zi ojizlar kutubxonasidan 1-o'rin F. Mo'minova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazidan «Aхborot-teхnоlogiyalari» bo’limi bosh mutahassisi А. Suvonqulovlar egalladi. 2-o'rinni Mirobod sanoat kasb-hunar kollejidan Yu.Rahimova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislaridan Yunusobod tumani 51-DIUM ARM xodimi D. Kurdashova, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiyat bo'limi mutaxassisi D.Rasulevalar egalladi.
3-o'rinni Mirobod tumani kompyuter texnologiyalari kolleji xodimi J.Urinova, Xalq ta'limi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalaridan Shayhontohur tumani 84-maktab kutubxona mudiri M. Absattarova, Oliy ta'lim tizimidagi axborot-resurs markazlarining mutaxasisslaridan Mirzo Ulug'bek nomli O'zbekiston Davlat Milliy universiteti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo’limi mudiri S. Maxmudovalar egalladi.
Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan ko'rik-tanlovining barcha g’oliblari respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida brifing bo‘lib o‘tdi
2019 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Mediamarkazida Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimini yaratishga hamda Bolalar va yoshlarni o‘qishga jalb qilish uchun eng yaxshi metodik ishlanma/loyiha bo‘yicha Respublika tanloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi boshlig‘i V.Xamidov brifing ishtirokchilarini qutladi va ularni axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. “Axborot-kutubxona xodimlari o‘quv kurslarining yangi shakllari joriy qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona mutaxassislarini malakasini oshirish masofadan amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Mutaxassislarni masofadan malakasini oshirish kurslari maxsus o‘quv dasturi asosida olib boriladi. O‘zbekiston Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quv kursining o‘quv dasturi, mashg‘ulotlarni tasvirga olish jadvali, ma’ruzalar matni, har bir mavzu bo‘yicha test va o‘quv rejasi ishlab chiqildi. Masofadan o‘qitish tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari jalb qilinib, o‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usulda amalga oshiriladi. Interaktiv usulda amalga oshirilishi rejalashtirilgan masofaviy o‘quv kurslari mavzulari sohaning dolzarb yo‘nalishlariga qarab bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi va o‘quv mashg‘ulotlariga mutaxassislarni jalb qilish oshirilishi ko‘zda tutilgan.”, - deya xabar berdi V.Xamidov.
Brifingda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova so‘zga chiqar ekan, ushbu o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorligini bildirib, o‘quv kursi haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. “Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimi viloyat axborot-kutubxona markazlarining mutaxassislari uchun samaralidir. Ular o‘z ish joylaridan ajralmagan holda masofaviy oylayn malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu albatta ham vaqt, ham mablag‘ni tejaydi. Malaka oshirishga ehtiyoji bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislari sonini ko‘paytiradi, bir vaqtning o‘zida barcha kutubxonachilar onlayn malaka oshirish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalaning ijobiy tarafini o‘rgangan holda, salbiy taraflar ham kelib chiqadi. Masalan, axborot-kutubxona markazlarida moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, internet tezligi pastligi onlayn o‘quv tizimida uzilishlar bo‘lishi mumkin”, - dedi u.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘quv kursini tamomlagan va yakuniy nazorat test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga beriladigan sertifikat qanday kuchga ega bo‘lishi, nomutaxassisligi bo‘lgan axborot-kutubxona mutaxassislarini qayta tayyorlash masalasi haqida savollar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va brifing tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.
Subscribe to:
Posts (Atom)
«Bilim» AKM bo’lab sayohat
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...

-
Bola bir nihol. Ustoz uni parvarish qiluvchi bog’bon bo’lsa, kitob qalbiga ilmu ma’rifat shu’lasini sochuvchi oftobdir. Shuning uchun ham ha...
-
2019 yil 1 iyul kuni O‘Zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-k...