Thursday, May 30, 2019

Ҳар бир болага МЕҲР, ЭЪТИБОР

"Билим" Ахборот-кутубхона маркази ва Ўзбекистон Халқ демократик партияси Тошкент шаҳар ва Чилонзор тумани кенгаши билан ҳамкорликда 1 июнь Халқаро болалар кунига бағишланган "Ҳар бир болага МЕҲР, ЭЪТИБОР" мавзусида бадиий мусиқали кеча ўтказилди. Кечага болажонларга шўх ва дилрабо қўшиқлар ижро этилди. Янада қизиқарли ўтказиш мақсадида шеър айтиш, қўшиқ айтиш, рақсга тушиш бўйича танловлар ва адабий викториналар ташкил этилди. Ўз истеъдодини намоён қилган болажонларга яъни турли ўйинлар ғолибларига совғалар, китоблар тарқатилди.
Хафиза Каримоваning rasmi.

Kutubxonalar ma’naviyat ko‘prigi

Toshkent shahar“Bilim” axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari tomonidan oilaviy kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida “Men kitob o‘qishni sevaman”, “Kitoblarni oilaviy almashib o‘qish”, “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” va “Bir soatdan oilaviy kitob o‘qish” aksiyalari tashkil etilayotgani keng omma orasida kitobxonlikni targ‘ib etishning samarali yo‘llari ekanligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida Aminovlar, “Navbahor” maxallasida Normatovlar oilalarida shunday tadbirlar o‘tkazilganida, “Bolalar adabiyoti olamiga sayohat” kitob ko‘rgazmasi va undan o‘rin olgan bolalar uchun turli mavzulardagi adabiyotlar oila a’zolariga, ayniqsa, kichik yoshdagi kitob’xonlarag juda manjur bo‘ldi.
— O‘g‘lim Sarvarning telefon va kompyuterdan ko‘ra kitobga qiziqishi ancha ortganidan xursandman, — deydi mamnuniyat bilan birinchi xonadon sohibasi Feruza Aminova. — Rosti gap, bolalarni endi bu o‘rganib qolgan odatlaridan chalg‘itish juda qiyinligidan boshim qotib yurardi, bunday paytda kitobga tayanish eng yaxshi yo‘l ekan.
Turli yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar, rasmli va o‘yinchoq kitoblar ikkinchi xonadondagi Ulkan ayaning nevaralariAbdulaziz va E’zozaxonlarning ham e’tiborini tortdi. Bundan buvi ham xursand.
— Bo‘lar ekanku! — deydi u quvonib. — Nevaralarimni “Bilim” axborot-kutubxona markazi to‘g‘ri yo‘lga boshlayotganidan ko‘nglim xotirjam tortdi. Kitobdan ayirmasin, kitob kirib borgan oilada ezgulik, yaxshilik bo‘ladi.
O‘z nizomi, ish rejasi asosida mashg‘ulotlar olib boradigan“Kutubxona do‘stlari”, “Tafakkur gulshani – kitob mutolaasi” nomli klublarda o‘tkazilayotgan tadbirlar ham markaz atrofiga ko‘plab kitobsevarlar jamlanishiga olib kelayotgani quvonarli holdir. “Eng yaxshi ko‘rgan asarim” mavzusida yozilgan insholar tanlovi orqali ularning qiziqishlari, dunyoqarash va intellektual salohiyatli namoyon bo‘la boradi.
Endi kitobsevarlar uyida, ishxonasida, o‘quv muasasasida — xullas, istagan joyida “Bilim” axborot-kutubxona markazi tarixi, faoliyati, tuzilishi, asosiy vazifalari, yangi kelib tushgan adabiyotlar va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish imkoniyatiga egadirlar. Ular istagan vaqtida markazning b.ilim.uz. veb-sahifasidan foydalanishi, axborot olishlari, taklif-munosabatlarini bildirib, buyurtma berishlari mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida elektron o‘quv zali va ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasining tashkil etilganligi, “Norma” – O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari qidiruv tizimining mavjudligi ham foydalanuvchilarmanfaatlariga xizmat qiladi. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohot va o‘zgarishlar, dunyo yangiliklari haqida tezkor va sifatli axborot olish maqsadida oltmishdan nomdan ortiq vaqtli nashrlar obunasi yo‘lga qo‘yilganligi ham markaz a’xolari sonining ortishiga xizmat qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kitob insonning beminnat do‘stiyekanligiga “Bilim” axborot-kutubxona markazida ham guvoh bo‘lasiz.
Hafiza KARIMOVA,
Toshkent shahar “Bilim” Axborot-kutubxona
markazi direktori

Kitob – yuksak ma’naviyatga yetaklovchi omildir.

Kitob – ilm manbai, - deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Yoshlarga ma’naviy ozuqa beruvchi kitoblarni ulashish ham ezgu amallardan biri hisoblanadi. Bu borada 2019 yil 8 may kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tomonidan Chilonzor tumanining Madaniyat markaziga turli mavzudagi adabiyotlar sovg’a tariqasida topshirildi. Markazning badiiy rahbari X. Fayzullayev «Bilim» AKM direktori H.Q. Karimovaga ma’naviy-ma’rifiy ko’maklari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiya

 2019 yil 24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari”  XIII Xalqaro konferensiyasi bo’lim o’tdi. Marosimda konferensiya tashkilotchilari, vazirlik va idoralar vakillari, xorijiy mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari qatnashdilar.
     Xorazm viloyati Ma’naviyat-ma’rifat markazining foyesida  Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizdagi matbaa korxonalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda respublikamiz nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar, albomlar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlari keng namoyish etildi. Kitob ko‘rgazmasida yangi nashr etilgan mahsulotlar – bolalar kitoblari, jurnallar, ensiklopediya va lug‘atlar, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar namoyish etildi.
         Xalqaro konferensiyasi doirasida «UZNEL» dasturiy ta’minotida «Komplektlash» va «Kataloglashtirish» modullari bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Axborot kutubxona muassasalari komplektlash bo‘limlari mutaxassislari uchun treningni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati rahbari Nasiba Xoldorova olib bordi va “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasi doirasida Respublika kutubxonalari tizimini yagona bir tizimga o‘tkazilgani munosabati bilan UzNEL dasturiy ta’minotda ishlash qoidalari bilan tanishtirdi. O’quv seminar treningda Toshkent shahar “BILIM” axborot kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi
Konferensiya doirasida 4 ta sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar va AKT mutaxassislari, olimlar va  tadqiqotchilar, hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, sho’ba yig’ishlarida Toshkent shahar “BILIM” axborot-kutubxona markazi direktori o’zining “Kitobxonlik va kitob mutolaasi: Yangi davr kutubxonasi” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
26 aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi. 

«Bilim» AKM bo’lab sayohat

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga aholini jalb qilish, foydalanuvchilarni bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qond...